2016-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi ishida ishtirok etish doirasida Bishkek shahrida Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov hamda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbatlarda ikki tomonlama munosabatlarning, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)