Yaponiya parlamentining tashqi siyosat bo‘yicha qo‘mitasi KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadro sinovlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat bir ovozdan ma’qullandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hujjat matnida ta’kidlanishicha, yadro sinovi atom bombasi hujumiga uchragan yagona davlat — Yaponiya nuqtai nazariga ko‘ra yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakatdir.
Qo‘mita yig‘ilishida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hozirgi paytda Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari Van I bilan telefon orqali muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, KXDR o‘zining provokatsiyaviy harakatlari bahosini his etishi lozimligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 9-sentabr kuni KXDR o‘z tarixidagi beshinchi yadro sinovini o‘tkazdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)