13-sentabr kuni Niderlandiya parlamentining vakillar palatasi mamlakatning barcha fuqarolari o‘limidan so‘ng tana a’zolarini topshirishini ko‘zda tutadigan qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatni senat va qirol tasdiqlasa, u amalga kiradi, deb xabar beradi TJournal.
150 deputatning 75 nafari loyihani ma’qulladi, 74 nafari qarshi chiqdi, bir nafar deputat yig‘ilishda ishtirok etmadi.
Qonun tashabbuskorlari — “Demokratlar–66” partiyasi yangilik ko‘chirib o‘tkazish uchun tana a’zolari yetishmovchiligini hal qilishidan umidvor. Ularning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda har yili ko‘chirib o‘tkazadigan tana a’zolari yo‘qligi bois 150 kishi olamdan o‘tadi.
Izoh (0)