“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Seltik” klubiga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida (7:0) xet-trik qayd etib, ushbu musobaqadagi xet-triklari sonini 6 taga yetkazdi, deb xabar bermoqda Goal.
Argentinalik 29 yoshli futbolchi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha “Real Madrid” yetakchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi YChLda 5 ta xet-trik muallifi bo‘lgan.
“Chempionat” nashrining ma’lum qilishicha, “Seltik”ga qarshi o‘yinda 2-daqiqa 46-soniyasida hisobni ochgan Messi YChL bahslaridagi o‘zining eng tezkor golini kiritdi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu YChL turnirida 133 ta o‘yin o‘tkazgan. Lionel Messi esa Yevropaning eng nufuzli musobaqasida 107 marta maydonga tushgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)