O‘zbekistonda 2016-yilgi yoz mavsumida barcha turdagi oromgohlarda 303 ming 650 nafar bolaning dam olishi ta’minlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yashovchi o‘g‘il-qizlar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, serfarzand, alohida ehtiyojli oilalarning bolalari O‘zbekistondagi so‘lim oromgohlarga imtiyozli tarzda jalb etildi.
Barcha bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida kutubxonalar, turli to‘garaklar, sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ayniqsa, har bir mavsumda bolalar uchun chet tili to‘garaklari tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Bolalarning qiziqishlari inobatga olinib, ixtisoslashgan oromgohlarga ham e’tibor qaratildi.
Natijada “Intellektual rivojlantirish”, “Harbiy sport”, “Mehnat va dam oldirish”, “Ekologik-biologik”, “Ijtimoiy moslashuv”, “O‘lkashunoslik”, “Texnik ijodkorlik”, “Badiiy ijodiyot” kabi yo‘nalishlardagi 240 dan ziyod ixtisoslashgan oromgoh maktab o‘quvchilarining maroqli hordiq chiqarishi va bilimlarini kengaytirishida muhim rol o‘ynadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)