Germaniyaning Bayer AG kimyo kompaniyasi AQShning urug‘lik ishlab chiqaruvchi Monsanto Co. kompaniyasini birlashish haqidagi kelishuv asosida xarid qiladi. Bayer AQSh kompaniyasining har bir aksiyasi uchun 130 dollar to‘laydi, shu tariqa, umumiy narx 65 milliard dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ilgariroq Bayer Monsanto’ni 65 milliard dollarga sotib olishni taklif qilgan, lekin amerikaliklar bu narxga ko‘nmagan va taklifni rad etgan edi. Shundan so‘ng Germaniya kompaniyasi amerikaliklarning har bir aksiyasiga 127,5 dollardan to‘lashga tayyorligini bildirdi.
Bayer faqatgina butunlay birlashish sharti bilangina AQSh kompaniyasi qimmatbaho qog‘ozlari uchun beriladigan narxni oshirishga rozi bo‘ldi.
Agar kelishuv amalga oshsa, guruh jahondagi eng yirik gerbitsid va urug‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylanadi.
Izoh (0)