Xitoy politsiyasi may oyidan sentabrga qadar internetdagi jinoyatlar uchun 3,4 ming kishini hibsga oldi. Bu haqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, kampaniya doirasida huquqni muhofaza qilish organlari internetda noqonuniy ma’lumotga ega 122 mingta maqolani yo‘q qildi.
Bundan tashqari, turli resurslardagi 23 mingta akkaunt yopilib, 4,2 mingta sayt sud tomonidan jazoga tortilgan.
Avvalroq Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi telekommunikatsiya sohasida firibgarlarga ma’lumot taqdim etuvchi onlayn-servislarni yo‘q qilish bo‘yicha yirik ko‘lamli operatsiyani boshlagan edi. Bundan tashqari, vazirlik fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, bank hisoblarini pullovchi servislarni yo‘q qilishni maqsad qilgan.
Izoh (0)