Atlas festivali — bu O‘zbekistonning hunarmandchilik an’analarini saqlab qolish va madaniy mahsulotining sifatini yaxshilash maydonidir.
O‘zbekistonning o‘ta boy hunarmandchilik an’analari har qanday davrda ham xalq amaliy san’atining asl ixlosmandlarini hayratga solgan, zavqlantirgan. Bu an’analarni saqlash va yanada boyitish jamiyat madaniy va ma’naviy o‘sishining muhim omili hisoblanadi. Mamlakatning eng yirik telekom operatori — Ucell kompaniyasi ham bu vazifani amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Kompaniya ko‘hna Marg‘ilonda o‘tkazilgan “Atlas Bayrami” 2-festivalining hamkorlaridan biri bo‘ldi. Kompaniyaning ko‘magi, birinchi navbatda, hunarmandlar uchun o‘quv va amaliy treninglarni o‘tkazishga qaratildi. Uyali aloqa operatori mutaxassislari ham maqsad sari harakatlanishning zamonaviy vositasi — internetdan foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazdi. Ucell kompaniyasining matbuot xizmati buning yuzasidan quyidagilarni xabar qiladi.
Ucell kompaniyasi, sifatli tarmoq va aloqani taqdim etishdan iborat bo‘lgan o‘zining asosiy missiyasi bilan bir qatorda, O‘zbekistonning madaniy an’analarini qayta tiklash va global makonda ommaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. “Atlas bayrami” festivalini uyushtirishdan oldin mamlakatning turli mintaqalaridan kelgan 60 nafar hunarmandlar uchun uch kun davomida ixtisoslashtirilgan treninglar o‘tkazildi. Ucell mutaxassislari o‘tkazgan treninglarning mavzusi xalq amaliy san’ati ustalarining turli yo‘nalishlarga mansub mahsulotlarini ilgari surishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil internetdan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tilganidek, tabiiy tola va bo‘yoqlardan foydalanib yaratilgan buyumlar o‘zining yuqori sifati va noyobligi tufayli yurtimiz tashqarisida ham juda yuqori baholanadi. Va shu jihatdan internet tarmog‘idan samarali foydalanishni bilish, xalqaro hamjamiyatni xalqimizning ajoyib an’analaridan xabardor qilish va O‘zbekiston hunarmandlarining ko‘rkam mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ham ilgari surishga imkon yaratishi mumkin.
Yorqinoy Hamidova — trening qatnashchisi:
“Men uchun bu qiziqarli va foydali trening bo‘ldi. O‘z hunarimni rivojlantirishda internetdan qanday foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ko‘p narsalarni bilib oldim. Masalan, men bu tarmoq orqali xorijda xaridorlarni topishim, ularga o‘z buyumlarim namunalarining fotosuratlarini yuborishim, buyurtmalar qabul qilishim va buyurtmachilar bilan muloqotda bo‘lishim mumkin. Taqdim etilgan bilimlar uchun Ucell’dan juda minnatdorman”.
Barchinoy Ne’matova — trening qatnashchisi:
“Men kashtachilik bilan shug‘ullanaman, tabiiy matolarga rasm solaman. Ishim juda qiziqarli. Men ko‘pincha mobil internetdan foydalanaman. U doimo qo‘l ostimda. O‘z ishim haqida hikoya qilishim uchun mavjud imkoniyatlar, turli messenjerlar va dasturlardan qanday foydalanishni bilib olish men uchun juda muhim edi. Shu jihatdan Ucell’ning treningida juda ko‘p foydali ma’lumotlarni orrtiridim”.
Ucell kompaniyasi koporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor Rodika Verbenyukning sharhi:
“Ucell kompaniyasi ‘Atlas bayrami’ festivalini bajonudil qo‘llab-quvvatladi, chunki u to‘qimachilikning noyob an’analarini saqlab qolish hamda sifatli mahsulotdan foydalanishning didi va uslubini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Trening qatnashchilarining aksariyati yoshlardan iborat bo‘lganligi esa an’analarimiz izchil avloddan-avlodga meros sifatida o‘tayotganligidan dalolat beradi. Ma’rifiy treningimiz davomida butun dunyoda telekom texnologiyalari, internet rivojlanishiga oid ko‘pgina savollar berildi. Bu esa amaliy san’atning turli yo‘nalishlarga mansub yosh hunarmandlar amaliy bilimlarni orttirishga qiziqayotganidan darak beradi. Bunday bilim va ko‘nikmalar ularga kelgusida o‘z san’atini rivojlantirishga yordam berishi va mamlakatda tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishga xizmat qilishiga aminman”.
Festivalning rasmiy ochilish marosimida ma’rifiy treninglar ishtirokchilariga sertifikat va mukofotlar taqdim etildi. Uning dasturidan joy olgan tadbirlar ishtirokchilari, ko‘plab mehmonlar hunarmandchilik san’ati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Marg‘ilonning markaziy istirohat bog‘ida esa “hunarmandlar shahri” o‘z eshiklarini ochdi. Bu yerda ham dorbozlar tomoshalari namoyish etildi. Shu kabi tadbirlar hunarlarni rivojlantirish markazida ham uyushtirildi. Uning binosida “Marg‘ilon osmoni ostida” deb nomlangan O‘zbekistonning an’anaviy to‘qimachiligi ko‘rgazmasi ochildi. Yurtimizning yetakchi hunarmandlari sohani barqaror rivojlantirish masalasini muhokama qilish uchun yg‘ildi va tegishli bayonnoma ishlab chiqdi. Ushbu hujjatga sifat mezonlari va an’analarni saqlab qolish nuqtai nazaridan tarmoqni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan muayyan harakatlar kiritildi. Festival tantanali gala konsert yosh dizaynerlarning o‘zlari yaratgan liboslarda sahnaga chiqishi bilan yakunlandi.
Reklama huquqi asosida.