Fransiyaning “Bigugliya” jamoasi himoyachisi Ben Idriise Derme “Furiani” klubiga qarshi mamlakat Kubogi bahslarining 3-bosqich o‘yinida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, o‘yin vaqtida 34 yoshli futbolchining yuragi xuruj qildi va u hushsiz chimga yiqildi. Shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qolish uchun kurashdi, ammo u hayotdan ko‘z yumdi.
Ben Idriise Derme o‘z vaqtida Burkina-Faso terma jamoasi safida 4 ta uchrashuv o‘tkazgan edi.
Izoh (0)