2012-yilgi London Paralimpiadasi chempioni, Riodagi Paralimpiya o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritgan belgiyalik aravachalar poygasi ustasi Marike Vervort O‘yinlardan so‘ng hayotiga nuqta qo‘yish fikridan qaytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq davosiz dardga chalingan ayol O‘yinlardan so‘ng evtanaziya qilishni rejalashtirgani aytilgan edi.
Braziliyada Vervort kumush medalni qo‘lga kiritdi va karyerasiga yakun yasadi.
“Men har bir lahzadan lazzat olishga urinmoqdaman. Vaqti kelganda, yomon kunlar soni yaxshilaridan ortib ketganda evtanaziya haqidagi hujjatlarim tayyor bo‘ladi. Lekin bu vaqt hali kelmadi”, — dedi ayol.
Vervortning vatani Belgiyada evtanaziya qonuniy hisoblanadi — buning uchun uch nafar shifokordan rozilik olish zarur.
Izoh (0)