IShID terrorchi guruhi rahbarining maslahatchisi Iroq shimolidagi Naynava viloyatida AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi chog‘ida yo‘q qilindi. Bu haqda Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi partiyasi vakili G‘iyos Surjiy Al Sumaria telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Shuningdek, uning bildirishicha, 36 jangari yo‘q qilingan bo‘lib, ular orasida o‘smirlardan tuzilgan qo‘shilma — “Xilofat arslonchalari” komandiri ham bor.
Naynava Iroq Kurdistoni muxtor mintaqasi chegarasida joylashgan bo‘lib, viloyatdagi IShIDga qarshi operatsiyalarda kurd qurolli kuchlari — peshmerga ham ishtirok etib kelmoqda.
Viloyat markazi — Mosul hanuzgacha terrorchilarning Iroqdagi tayanchi bo‘lib turibdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)