Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Jamoat palatasi deputati vakolatlaridan voz kechganini e’lon qildi. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Mening nuqtai nazarimga ko‘ra, bosh vazirlik lavozimidan berilgan iste’fo shart-sharoitlari hamda zamonaviy siyosat realiyalarini inobatga olgan holda oddiy parlamentariy sifatidagi faoliyatni davom ettirish o‘ta murakkab, negaki Dauning-stritdagi merosxo‘rim hamda uning hukumati oldida turgan muhim qarorlarni qabul qilishda o‘zimga diqqatni qaratib qo‘yishim ehtimoli mavjud”, — deb tushuntirdi o‘z qarorini sobiq hukumat rahbari.
Kemeron 2001-yildan buyon parlamentda Oksfordshir grafligining Uitni saylov okrugi vakili edi. Brexit haqidagi referendumdan so‘ng Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish tarafdori bo‘lgan bosh vazir iste’fo berdi, uning o‘rnini esa sobiq ichki ishlar vaziri Tereza Mey egalladi.
Izoh (0)