Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriyada o‘tkazilgan operatsiyada IShID terrorchi guruhining 20 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda, mamlakat bosh shtabi bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Harbiylar Tel al-Hava shahri yaqinida terrorchilarning marralarini aniqladi. Aviazarbalar natijasida jangarilarga tegishli uch bino, shuningdek, mototsikl va avtomobil yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)