2001-yil 11-sentabrdagi voqealar 15 yilligi munosabati bilan PixelHELPER radikal guruhi Saudiya Arabistonining Berlindagi elchixonasi binosiga “Bank 9/11” yozuvi aks etgan yoritkichlarni tushirdi. Bu haqda, guruh matbuot xabarnomasiga asoslanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.
Yozuv yonida egizak binolar va qirollik bayrog‘idan o‘rin olgan shamshir aks etgan edi.
PixelHELPER ko‘pdan buyon Saudiyani xalqaro terrorchilikka homiylik qilishda ayblamoqda. Joriy yil mayida ular elchilik binosida “IShID banki” so‘zlari yoritkichlarda aks etishini tashkillashtirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)