Suriyaning Idlib shahrida isyonchilar qo‘lidagi bozor tanilmagan samolyotlar tomonidan o‘qqa tutildi. Buning oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant.ru” Reuters’ga asoslangan holda.
Fuqarolik mudofaasi ishchilarining bildirishicha, tanalar hanuzgacha vayronalar ostidan to‘liq olib chiqilgan emas, shu bois qurbonlar soni oshishi mumkin. Middle East Eye’ning bildirishicha, aviazarbalar qurbonlarining soni 30 kishiga yetadi, 80 kishi esa jarohat olgan.
Izoh (0)