Apple kompaniyasi oldingi avlod iPhone smartfonlari narxi pasaytirilganini rasman e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Firma internet-do‘konidan 16 va 64 Gb xotirali iPhone 6s va 6s Plus yo‘qoldi, xuddi shunday holat iPad bilan ham sodir bo‘ldi.
iPhone 6s Apple saytida ikki xil modifikatsiyada — 32 va 128 Gb xotirali versiyalarda qoldi. 32 Gb xotirali iPhone 6s’ning hozirgi narxi 750 dollarni (avval 32 Gb versiyasi 890 dollar edi) tashkil etadi, 128 Gb xotirali iPhone 6s esa 890 dollardan sotilmoqda (avval 1170 dollar).
iPhone 6s Plus’ning 32 Gb xotirali versiyasi 890 dollar (avval 16 Gb versiyasi 1000 dollar edi), 128 Gb xotirali versiyasi esa 1000 dollar (avval 1300 dollar edi)dan sotilmoqda.
Shuningdek, iPhone SE narxlari ham pasayib ketdi. Chunonchi, iPhone SE’ning 16 Gb versiyasi 550 dollar (590 dollar), 64 Gb versiyasi esa 625 dollar (750 dollar)ni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi yangi — iPhone 7 va 7 Plus smartfonlarini, shuningdek, Apple Watch 2 “aqlli” soatini rasman taqdim etdi.