Rio mezbonlik qilayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasiga festivalning ilk kuni omadli keldi.
O‘zbekistonlik sportchilarRio—2016 ning birinchi kunidayoq 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallab turibdi. Umumiy hisobda 20 ta medali bor Xitoy birinchi, 11 medal jamg‘argan Buyuk Britaniya ikkinchi bo‘lib turibdi.
AQSh terma jamoasida ham medallar soni O‘zbekistonniki kabi 8 ta. Biroq oltinlar soni 1 taga kamroq.