Balog‘at yoshidagi o‘smirlarning keskin vazn orttirishi organizm bu davrda harakatsizlik holatida ancha kam kaloriya iste’mol qilishi bilan bog‘liq. Bunday xulosaga Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti olimlari keldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
15 yoshga yetganida o‘smirlar harakatsiz holatida har kuni sarflaydigan kaloriya miqdori ular o‘n yoshda bo‘lgan vaqtidagiga nisbatan o‘rtacha 500 kaloriyaga kamayadi. Bu bir marta bajarilgan mashaqqatli jismoniy mashg‘ulotga teng. Shu bilan birga, energiyaning katta qismi inson tomonidan jismoniy faollik orqali emas, aynan ichki organlar ishini ta’minlashga sarflanadi.
Olimlar bunday faktni aniqlash uchun o‘n yil davomida 279 nafar bolaning salomatligini kuzatdi. Natijalar esa kutilmagan bo‘lib chiqdi, axir aynan jinsiy balog‘at davrida organizm faol ravishda o‘sadi va tayanch funksiyalarni bajarishga ko‘proq energiya sarflashi kerak. Ammo harakatsizlik holatida kaloriya iste‘molining darajasi 16 yoshda qayta tiklandi.
Semizlik yuzaga kelishiga ushbu davrda o‘smirlar jismoniy tarbiya bilan ancha kamroq shug‘ullanishi ham qo‘shimcha sharoit yaratishi mumkin.