KXDRdagi yadro qurolini sinash uchun mo‘ljallangan poligon hududida 5,3 magnitudali seysmik hodisa sodir bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, seysmologlar qayd etgan zilzila epitsentri Pangiri yadro poligonidan 20 km masofadagi aholi punkti yaqinida joylashgan.