Ekspertlar xaridor uchun ideal avtomobil qanaqa ekanligini aniqlashga urinib ko‘rdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bugungi kunda mustaqil olimlar, marketologlar va avtokompaniyalardagi savdo bo‘yicha mutaxassislar qanday avtomobil xaridorga yoqishini aniqlashga intilmoqda.
Avtohavaskorlarning o‘zi esa avtomobilning yangilik darajasi, narx siyosati, shuningdek, tashqi ko‘rinishi o‘rtasida muayyan muvozanatni tanlaydi.
Masalan, o‘rta sinfga tegishli avtomobil xaridorlari uchun mashina bozorda allaqachon mavjud bo‘lgan avtomobillarning ba’zi jihatlarini o‘z ichiga olishi va individual xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak.
Top-segment xaridorlari esa, aksincha, ishlab chiqaruvchi kompaniya rioya qiladigan yagona stilda yaratilgan avtomobilni ideal deb hisoblaydi.
Eng pastki narx darajasidagi mashina esa o‘z sinfidagilarga o‘xshamasdan, qimmatbaho mashinalarga taqlidan yasalgan bo‘lishi kerak.
Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, ushbu tadqiqot nafaqat avtomobillar, balki boshqa mahsulot guruhlariga nisbatan ham qo‘llanilgan.