Tennis bo‘yicha US Open musobaqasining o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida o‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Humoyun Sultonov nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik tennischi 2-bosqichda amerikalik Uilsis Blanchni mag‘lub etgan. Birinchi setda Sultonov 7:5 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi set mezbon tennischining ustunligida yakuniga yetgan — 7:6. Hal qiluvchi set 3:1 hisobida o‘zbekistonlik raketkaning foydasiga hal bo‘lib turganida, US Open’ning uchinchi tennischisi sifatida turnirga kirgan amerikalik sportchi geymni davom ettira olmasligini bildirgan.
Humoyun Sultonov 1-bosqichda Yonas Erikssonni 6:3, 6:4 hisoblarida mag‘lub etgandi. Chorak final yo‘lida uning raqibi fransiyalik Korentin Moutet bo‘ladi.
Izoh (0)