Yevropa Futbol Ittifoqi Shveysariyada bo‘lib turgan qochoqlar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazishga qaror qildi.
Bu turnir muhojirlarni jamiyatga integratsiya qilish uchun yordam beradi. Sport va futbolda asosiy bo‘g‘in ekanligi ta’kidlanadi.
Musobaqada asosan Eriteriya va Efiopiyadan kirib kelgan qochoqlar ishtirok etadi. Ular qatorida Suriya, Iroq va Afg‘oniston qochoqlari ham bor. Ishtirokchilarning umumiy soni 120 nafar bo‘lib, 14-sentabr sanasidan e’tiboran ular 16 jamoaga bo‘linib, g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Qochoqlar ayni paytda Jeneva, Lozanna, Nyon shaharlaridan qo‘nim topgan.
Izoh (0)