Turkiya qurolli kuchlari “Frot qalqoni” operatsiyasining 15 kuni davomida Suriya hududida terrorchilik tashkilotining 110 nafar a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Nurettin Janikli ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Operatsiyaning 15 kuni davomida Suriya hududining 772 kvadrat kilometri terrorchilardan tozalandi, IShID terrorchilik guruhi va suriyalik kurdlarning o‘z-o‘zini himoya qilish kuchlarining 110 nafar terrorchisi yo‘q qilindi. Turkiya Qurolli kuchlaridan besh kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi, to‘rtta tank va bir nechta zirhli mashina yo‘q qilindi”, — dedi Janikli Anqaradagi matbuot anjumanida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)