Tehronda qurilayotgan metro tunnelida tuproq o‘pirilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, olti kishi jiddiy jabrlandi. Bu haqda IRNA agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa 7-sentabr, chorshanba kuni kechqurun Eron poytaxtining Kianshaxr tumanida yuz berdi.
To‘rt nafar ishchi — uch nafar eronlik va bir nafar afg‘onistonlik avariya qurboni bo‘ldi. Voqea joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, vayronalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkin. Chunki yer ko‘chkisi yuz bergan paytda tunnelda 15 kishi qurilish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Jiddiy shikastlangan jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazildi. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.
Izoh (0)