Rossiyaning Yoshkar-Ola shahrida 4-sentabr kuni aralash jang san’ati (MMA) dasturi doirasida tashkil etilgan Red City Global Fights musobaqasida Rossiyaning Sankt-Peterburg, Saransk, Kirov shaharlari, shuningdek, O‘zbekiston, Belarus va AQShdan bir qator sportchilar ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Sports.uz”.
-84 kilogramm vazn tofiasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Gadoyev rossiyalik Andrey Skryabin bilan kuch sinashdi. Ulug‘bek mazkur bellashuvda g‘alaba qozonib, muvaffaqiyatini O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.
Izoh (0)