Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) kriogen yoqilg‘ida ishlaydigan raketa yordamida INSAT-3DR sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli fazoga chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Hindiston telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi.
“GSLV-F05 INSAT-3DR’ni muvaffaqiyatli olib chiqdi”, — deyiladi ISRO bayonotida.
GSLV-F05 raketasi Andxra-Pradesh shtati sohilidagi Shrixarikota orolidagi kosmodromdan uchirildi. Yangi sun’iy yo‘ldoshning asosiy vazifasi Yer yuzasidagi ob-havo haqida aniq ma’lumot to‘plash bo‘ladi. Bu meteorologlar prognozlarini yaxshilishga yordam beradi.
Izoh (0)