Oklendlik (Yangi Zelandiya) olti yoshli jasur qizaloq otasining do‘konidagi sotuvchiga bolta bilan hujum qilgan talonchilardan birini oyog‘idan ushlab olishga harakat qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Savdogar xonada olti yoshli Sara Patelni ko‘rganidan so‘ng talonchilarning diqqatini chalg‘itishga uringanini ma’lum qildi.
16 yoshli olti o‘smirdan iborat guruh do‘konga bostirib kirib, kassadagi pullarni talab qila boshladi. Xonada sotuvchi va qizning bobosi bor edi. Bolta bilan qurollangan jinoyatchilardan biri sotuvchini quvlay boshlaganida xonaga kirib qolgan qizcha uning oyog‘idan ushlab olishga harakat qildi. Ammo Saraning bobosi qizni tezda chetga tortdi.
One News’ning “yomon bolalar”dan qo‘rqqan-qo‘rqmaganligi haqidagi savoliga javob berarkan, Sara ishonch bilan “yo‘q” dedi.
Keyinroq jinoyatchilar guruhining besh a’zosi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Oltinchi talonchi qidirilmoqda.
Izoh (0)