Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasida istiqomat qiluvchi erkak nikohdan ajratish jarayonida rafiqasi bilan kelisha olmaganligi uchun sud binosi yonida portlash uyushtirdi. Bu haqda The Beijing News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa Szisi shahrida yuz berganligi ma’lum qilinmoqda. Van sharifli erkak rafiqasi mahalliy sud binosidan chiqqan paytda kichikroq portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Erkak voqea joyida halok bo‘lgan, uning rafiqasi va yana bir o‘tkinchi jarohat olgan. Hozirgi paytda ularning hayoti xavf ostida emas.
Mahalliy huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)