Vengriya prokuraturasi o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsizlikda aybdor sifatida ko‘rilayotgan jurnalist ayolga nisbatan ayblov ilgari surdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘tgan yili N1 telekanali operatori Petra Lazlo ayol Serbiya bilan chegarada qo‘lida bola bilan ketayotgan suriyalik qochqinni oyog‘idan chalgan edi. Germaniyalik bir jurnalist ushbu voqea aks etgan videolavhani Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi. Avj olgan janjaldan so‘ng jurnalist ishdan haydaldi, kanal o‘z xodimasining fe’l-atvorini “kurakda turmaydigan” deya baholadi.
Prokuratura versiyasiga ko‘ra, Lazlo xonim yosh yigitning iyagiga, uning qo‘lidagi qizning esa tizzasiga tepgan.
Shu bilan birga, prokuratura bezorilik irqchilik tufayli sodir etilganiga isbot topa olmadi.
Videoyozuv tufayli tanilgan suriyalik qochoq Usama Muhsin futbol murabbiyi bo‘lib chiqdi. Uni Ispaniyadagi sport maktabiga ishga qabul qilishdi.
Izoh (0)