O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov US Open turnirining o‘smirlar musobaqasini muvaffaqiyatli boshlagani haqida “Olamsport” xabar berdi.
Sultonov yakkalik musobaqasini Yonas Erikssonni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etish boshladi. Ikkinchi bosqichda uning raqibi US Open’ning ikkinchi raketkasi sifatida saralangan amerikalik Uilsis Blanch bo‘ladi.
Juftlik bellashuvlarida o‘zbekistonlik tennischiga germaniyalik Rudolf Molleker sherik bo‘ldi. Ular birinchi bosqichda Xitoy va Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan tennischilarga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Ikkinchi bosqiya yaponiyalik juftlikka qarshi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin US Open’ning asosiy musobaqasidagi birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.
Izoh (0)