Pyotr Poroshenkoning fikricha, Qrim masalasi yopiq, negaki uning aholisi 1991-yilda Ukrainaning mustaqilligi uchun ovoz bergan. Bu haqda Poroshenko Oliy Radaga yillik murojaatida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
“Mening uchun Ukrainaning 1991-yil chegaralaridagi hududiy yaxlitligini tiklash uchun kurashish birinchi o‘rinda turadi. Men ta’kidlayman: o‘sha yili haqiqiy referendumda aholining mutlaq ko‘pchiligi, shu jumladan, Donbassda ham, Qrimda ham Ukrainaning mustaqilligi uchun ovoz bergan”, — dedi u.
“Putinning Qrim masalasi yopilgani haqidagi bayonoti bo‘lmagan gap. Aslida masala darhaqiqat 1954 va 1991-yillarda yopilgan edi: Qrim Ukrainaniki bo‘lgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘ladi”, — qo‘shimcha qildi Poroshenko.
Izoh (0)