Dubayda dunyodagi eng ulkan — balandligi 100 metr va eni 400 metr bo‘lgan raqsga tushuvchi favvora barpo etiladi. Bu haqda Dubayda ochilgan Cityscape Global ko‘rgazmasida Meydan Group kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Favvora Dubayning yangi, loyihasi 2015-yilning avgustida boshlangan Meydan One Mall savdo kompleksida o‘rnatiladi. Savdo kompleksi maydoni 30 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Shu yerning o‘zida tog‘ chang‘isida sirpanish uchun dunyodagi eng uzun (1 kilometr) quvur barpo etiladi.
Dunyodagi eng katta va baland musiqiy favvoralardan biri 2009-yildan buyon Dubayda ishlamoqda va u Burj Xalifa minorasida joylashgan. Uning uzunligi 275 metrni, otilayotgan suv balandligi esa 150 metrga yetadi.
Izoh (0)