Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyani Yevropa xavfsizligi arxitekturasini buzish harakatlarida ayblab, uning bu xatti-harakatlarini kontinental va global muammo deb atadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Rossiyaning jahon miqyosidagi xatti-harakatlari, xalqaro huquq me’yorlarining buzilishi, Kremlning Yevropa xavfsizligi arxitekturasini buzishga urinishlari, uning tajovuzkorligi — buning bari kontinental va global muammodir, va bu ikki tomonlama asosda hal qilinishi mumkin emas”, — deyiladi Ukraina prezidenti saytida chop etilgan bayonotda.
“Ukraina bundan keyin Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda xalqaro qo‘llab-quvvatlashga muhtoj”, — qo‘shimcha qildi Poroshenko.
Izoh (0)