Apple smartfonlarining yangi avlodi — iPhone 7 ning birinchi partiyasi riteylerlarga yetkazib berildi. Bu haqda, Sina portaliga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Birinchi partiya 371 ming smartfondan iboratligi aytilmoqda.
84,7 ming telefon 2-sentabr kuni Sinchjen porti orqali Xenan provinsiyasi va boshqa davlatlarga yo‘lladi. 5-sentabrga kelib boshqa mamlakatlarga yuborilgan smartfonlar soni to‘rt barobarga oshdi.
Telefonlar asosan AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyaga yo‘llangani aytilmoqda.
Izoh (0)