Suriyaning qamal ostidagi shahar va tumanlarida 600 ming atrofidagi aholi o‘ta og‘ir sharoitlarda yashamoqda. Yanvar oyidan buyon bunday odamlar soni 100 ming kishiga oshdi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu ma’lumotlar BMTning Suriyada inson huquqlarini taftish qilish komissiyasining Jenevada taqdim etilgan 12-hisobotida keltirildi.
Aytilishicha, bunday shahar va tumanlar mamlakatning Damashq, Rif Damashq, Dayr az-Zavr, Xoms va Idlib viloyatlarida bor.
“U yerdagi odamlar davomli qamal bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan sharoitlardan aziyat chekmoqda”, — deyiladi hisobotda.
Umuman olganda, mamlakatning qamal ostidagi va borish qiyin bo‘lgan hududlarida jami 6 million kishi yashash uchun kurashmoqda, deb ta’kidladi hisobot mualliflari.
Izoh (0)