Germaniyaning Bayer AG kimyo-farmatsevtika kompaniyasi AQShning Monsanto gerbitsid va gen modifikatsiyasiga uchragan urug‘liklar ishlab chiqaruvchisining har bir aksiyasiga 127,5 dollardan berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda, Germaniya konsernining rasmiy saytida chop etilgan bayonotga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Bayer faqatgina butunlay birlashish sharti bilangina AQSh kompaniyasi qimmatbaho qog‘ozlari uchun beriladigan narxni oshiradi. Shu tariqa, bitta aksiyaning narxi 2,5 dollarga oshadi.
Agar kelishuv amalga oshsa, guruh jahondagi eng yirik gerbitsid va urug‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylanadi.
Ilgariroq Bayer Monsanto’ni 65 milliard dollarga sotib olishni taklif qilgan, lekin amerikaliklar bu narxga ko‘nmagan va taklifni rad qilgan edi.
Izoh (0)