AQSh Liviyaning Sirt shahriga bergan aviazarbalar qonuniy asosga ega bo‘lmay, xalqaro huquqqa zid keladi. Bu haqda Liviya armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
1-avgust kuni AQSh Liviyada IShID jangarilariga ilk aviazarbalarni berdi. Buni AQShdan milliy kelishuv hukumati so‘ragan edi. Ammo ushbu hukumat parlament tasdig‘idan o‘tmagan, armiya esa parlament bilan ittifoqlikda harakat qiladi. Shu bois AQShning xatti-harakatlari Liviyadagi rasmiy kuchlari o‘rtasida ixtilofga sabab bo‘ldi.
“Siz aytayotgan hukumat hozircha o‘z vazifalarini bajarish uchun qonuniylikka ega emas, shu bois, mening fikrimcha, AQSh hukumat so‘roviga binoan emas, o‘z hisob-kitoblariga ko‘ra zarbalarni amalga oshirdi, so‘rov esa rasmiyatchilik, xolos”, — dedi Haftar.
Ilgariroq Hafrat mamlakatdagi inqiroz uchun javobgarlikni BMT missiyasiga yuklagan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)