Tojmahalni ko‘rish uchun Hindistonga tashrif buyuruvchi xorijlik turistlarga qulaylik yaratish maqsadida yodgorlik yaqinida aeroport bunyod etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Odatda turistlar dastlab mamlakat poytaxtida qo‘nib, so‘ng Tojmahalga borish uchun 200 kilometr masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Endilikda, NDTV telekanalining Uttar-Pradesh shtati hukumatiga tayanib ma’lum qilishicha, Agra shahri atrofida, taniqli maqbaraga yaqin masofada zamonaviy xalqaro aeroport qad ko‘taradi.
Ishlar 2017-yil martiga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtat ma’muriyati vakili Dipak Singalning ma’lum qilishicha, qurilish ishlariga 1 milliard rupiya (15 million dollar) ajratiladi.
Izoh (0)