Isroilning Space Communication kompaniyasi Amerikaning SpaceX kompaniyasidan 50 million dollar to‘lashni talab qilish huquqidan foydalanishi mumkin. Bu uning Falcon 9 raketasi portlagan paytda Amos-6 aloqa sun’iy yo‘ldoshini yo‘qotganligi bilan bog‘liq, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Bundan tashqari, Reuters agentligining ma’lumotiga qaraganda, Space Communication Amos-6 ni loyihalashtirgan va qurgan Isroilning Aerospace Industries korporatsiyasidan 205 million dollar undirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qarashli Falcon 9 tashuvchi raketasi 1-sentabr kuni Kanaveral burnida (Florida shtati, AQSh) joylashgan SLC-40 parvoz platformasidagi sinov chog‘ida portlab ketdi.
Izoh (0)