Futbol bo‘yicha JCh—2018 saralash bosqichi doirasidagi Ukraina — Kosovo o‘yini rasmiy Kiyev Kosovoni tan olmagani uchun neytral maydonda o‘tkaziladi.
Ukraina Futbol Federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko avgustning so‘nggi o‘n kunligida bu xabarni tasdiqlagandi. Ayni vaqtda Ukraina Futbol Federatsiyasi mamlakat Tashqi Ishlar Vazirligi bilan kelishgan holda, Bolgariya yoki Turkiya variantlarini o‘rganib chiqmoqda.
Bir qator nashrlar Ukraina Bolgariya variantida to‘xtalgani haqida xabar tarqatganiga qaramay, UEFA rasmiy saytidagi o‘yin qaydnomasida bellashuv o‘tadigan shahar nomi ko‘rsatilmagan. Ma’lumot uchun, Ukraina va Kosovo terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 9-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
UEFA iyun oyidagi qarori bilan Kosovo terma jamoasini JCh—2018 saralash musobaqasiga qo‘shgandi. 5-sentabr kuni Kosovo saralash turnirini Finlyandiyaga qarshi safar o‘yini bilan boshlaydi.
Izoh (0)