Italiya milliy o‘t o‘chirish xizmati xodimlari Amatriche shahridagi vayronalar ostidan afg‘onistonlik yigitning tanasini aniqladi. 24-avgust kuni butunlay vayron bo‘lgan shahar xarobalari ostidan navbatdagi qurbon chiqarib olinmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qurbonlarning umumiy soni 296 kishini tashkil qildi.
Ayni paytda 26 yoshli marhumning tanasini chiqarib olish borasida ishlar tugagani yo‘q. U Italiyada siyosiy qochqin maqomida yashab kelgani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)