Erdo‘g‘on: Turkiya muhojirlarni qabul qilishga 25 mlrd dollar sarfladi

Turkiya muhojirlarni qabul qilishga davlat budjetidan 12 milliard dollar, jamoat tashkilotlari ko‘rsatgan yordam ham inobatga olinsa, jami 25 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Erdo‘g‘on G20 sammiti yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu bilan bog‘liq ravishda Suriyada xavfsizlik zonasini tashkil etish masalasini ko‘tardi.

“Suriya shimolida xavfsizlik zonasining tashkil etilishi muhojirlar muammosini hal qilishga yordam beradi. Biz bu haqda ilgari ham aytganmiz va bugun sammit ishtirokchilariga yana bir bor takrorladik. Hech kim qarshi fikr aytmadi, lekin hech bir mamlakat bu yo‘nalishda konkret qadamlar ham tashlamadi”, — dedi u.

Erdo‘g‘onning fikricha, G‘arb davlatlarining muhojirlar masalasidagi nuqtai nazari uyatlidir:

“Ular muhojirlar mavzusidagi imtihonni topshira olmadi. Bizda 3 million suriyalik va iroqlik yashaydi. Biz ularga 12 milliard dollar, jamoat tashkilotlari yordami inobatga olinsa, 25 milliard dollar sarfladik. G‘arbning umumiy yordam miqdori esa 1,3 milliard dollarni tashkil etdi”.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing