IShID guruhi jangarilari, 2015-yil noyabrida Parijda uyushtirilgan teraktlardan tashqari, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi yana bir qator davlatlarda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan edi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga qaraganda, IShIDning Yevropadagi hujum obyektlari sifatida Niderlandiya hamda Fransiyadagi boshqa nishonlar ko‘rilgan. Bundan tashqari, jangarilar Buyuk Britaniya hududiga kirishga uringan.
Parijdagi teraktlarda ishtirok etishi lozim bo‘lgan ayrim jangarilar Gretsiya hududida ushlangani ham ma’lum.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)