Yaqin haftalarda Turkiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi viza tartibi yengillashtilishi bo‘yicha kelishuvga erishilishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan G20 sammiti doirasidagi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
Ilgariroq migratsiya, ichki ishlar va fuqarolik bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartibga o‘tish uchun qo‘yilgan talablarni bajarmaganini aytgan edi.
Izoh (0)