Rim papasi Fransisk Kalkuttalik Tereza onani avliyo deb e’lon qildi. Uning avliyoligini rasmiylashtirishga bag‘ishlangan tantanali marosim 4-sentabr kuni Vatikanda avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Kelib chiqishi alban bo‘lgan Tereza ona 1910-yilda Skopyeda tavallud topgan, lekin Hindistonning Kalkutta shahrida ko‘proq faoliyat yuritgan. U yerda Tereza ona xayriya missiyasiga asos solib, umrining oxiriga qadar (1997) o‘sha yerda istiqomat qilgan.
1979-yilda Tereza ona tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)