G20 sammitida ishtirok etish maqsadida Xitoyning Xanchjou shahriga tashrif buyurgan AQSh delegatsiyasi ularning samolyotiga taqdim etilgan trapdan o‘z ixtiyori bilan voz kechdi. Bu haqda, South China Morning Post gazetasiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
XXR tashqi ishlar vazirligidagi manbaning nashrga bildirishicha, AQSh delegatsiyasi vakillari haydovchi ingliz tilini tushunmasligi va AQShning xavfsizlik qoidalarini bilmasligidan norozilik bildirgan.
“Shu tariqa, Xitoy tarjimon berishni taklif qildi, u haydovchiga yordam berishi mumkin edi, ammo AQSh bu taklifni rad etib, ularga trap kerak emasligini ma’lum qildi”, — tushuntirdi nomi keltirilmayotgan amaldor.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va XXR o‘rtasidagi tushunmovchiliklar aeroportdayoq boshlandi.
Izoh (0)