Boliviyaning markaziy qismida yo‘lovchi avtobusi jarlikka qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 11 kishi qurbon bo‘ldi, 39 kishi jabrlandi. Bu haqda politsiya mayori Sabino Gusiana ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
15 metr chuqurlikdagi jarga qulab ketgan avtobus Santa-Krus shahridan poytaxt Sukrega yo‘l olgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, haydovchi burilishda boshqaruvni uddalay olmagan.
Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.
Yo‘llarning yomon ahvoli va yo‘l qoidalariga rioya etmaslik tufayli Boliviyada har yili yo‘l-transport hodisalarida o‘rtacha mingga yaqin kishi halok bo‘ladi, 40 ming kishiga shikast yetadi.
Izoh (0)