Turkiya mamlakatda muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy isyonga Yevropa Ittifoqi tomonidan namoyish etilgan munosabatdan afsusda. Bu haqda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Turkiyaning Yevroittifoq ishlari bo‘yicha vaziri Umar Chelik ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“O‘ylaymizki, harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng Yevroittifoqdan kutganimizchalik birdamlik va qo‘llab-quvvatlash ko‘rmadik. Men Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlariga hukumatimizning hafsalasi pir bo‘lganini aniq tushuntirdim”, — dedi u Slovakiya poytaxtida Yevroittifoqning 28 mamlakati tashqi ishlar vazirlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra.
Izoh (0)