Turkiya IShID terrorchi guruhiga qarshi qaratilgan “Frot qalqoni” harbiy operatsiyasi doirasida yangi front ochdi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tanklar va og‘ir texnika Suriya chegarasini kesib o‘tib, ar-Rai shahriga yo‘l olgan.
Aniqlashtirilishicha, Turkiya operatsiyada qo‘llanayotgan M60T tanklariga qo‘shimcha ravishda “Qoplon” tanklari hamda minalardan himoyalangan Kirpi zirhli mashinalarini yo‘llagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)