“Abu Sayyaf” terrorchilik guruhi Filippin janubidagi Davao shahrida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda guruh vakili bayonotiga tayanib, Associated Press ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Agentlikning qayd etishicha, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte barcha ehtimoliy gumonlanuvchilarni, jumladan, narkosindikatlarni tekshirish zarurligini ta’kidlagan.
Davaodagi portlash 2-sentabr, juma kuni shahar bozori yaqinida yuz berdi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 15 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ortiq odam yaralangan.
“Abu Sayyaf” “Al Qoida” xalqaro terrorchilik tashkilotining Filippindagi guruhi hisoblanadi.
Izoh (0)